2022-yilning 21-aprelida ushbu oyning eng muhim voqealaridan biri – «ROSSA» oʻquv markazining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirishning rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.
«Hayvonlar infeksion kasalliklarining PCR-diagnostikasi» kursini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga kursni tamomlaganlik sertifikatlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, birinchi bosqich bitiruvchilarini Respublika Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi Davlat markazi direktori – Tangyarikov B.S. tantanali ravishda tabrikladi. Mutaxassislarga tabrik va iliq tilaklar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Biotibbiyot texnologiyalari uyushmasi raisi – Xegay T.R. tomonidan ham yangradi.