Biz MedExpo Qirg’iziston 2022 ko’rgazmasida qatnashamiz

15.04.2022

Ko’rgazma 2022-yilning 4-apreldan 6-apreliga qadar Qirgʻiziston Respublikasining “MedExpo Qirgʻiziston” bosh maydonida boʻlib oʻtadi, unda tibbiy asbob-uskunalar, zamonaviy sarf materiallari va tibbiyot buyumlari boʻyicha yangi ishlanmalar namoyish etiladi.

MedExpo Kyrgyzstan – bu tibbiyot xodimlari, olimlar va tibbiyot sohasining boshqa ko’plab vakillari o’zaro tajriba almasha olishi uchun ajoyib joydir.

ROSSA kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida biotexnologik mahsulotlarni yaratish boʻyicha eng yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi bo’lib, u oʻz navbatida ushbu koʻrgazmada oʻzining biotexnologik mahsulotlarini taqdim etadi, masalan:
– Sog’liqni saqlash va veterinariya sohalaridagi kasalliklarni aniqlash uchun PCR to’plamlar;
– Oziq-ovqat mahsulotlar tarkibidagi GMO ning mavjudligini aniqlaydigan to’plamlar;
– Tibbiyot va veterinariya uchun immunoferment diagnostikasi va biokimyoviy reagentlar.

Bunday tadbirlarda ishtirok etish ROSSA tomonidan ishlab chiqarilgan biotexnologik mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ham namoyish qilish imkoniyatidir. Shuningdek, bu kompaniyamizning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun ham qo‘shimcha istiqbollar taqdim etadi.

AllEscortAllEscort