Biz TIHE-2022 ko’rgazmasida qatnashamiz

06.05.2022

ROSSA «Sog’liqni saqlash – TIHE 2022» 26-xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etmoqda

«TIHE» – O‘zbekistonning tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi jahon yutuqlari va ishlanmalarining asosiy tibbiy ko‘rgazmasidir. Ko‘rgazma 2022-yilning 12-14-aprel kunlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” MKMda bo‘lib o‘tadi.

ROSSA uchun ushbu ko’rgazma o’zining biotexnologik mahsulotlarini, kompaniyaning yangi yutuqlari va ishlanmalarini taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Shuningdek, ROSSA o’z qiziqishini ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillari bilan hamkorlik qilish va tajriba almashishga yo’naltirgan.